“Qizil” toifadagi yoshlar muammolari hal etilmoqda.

Joriy yilning 11-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari” yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi. Unda Prezidentimiz yoshlar bandligini taʼminlash, ularni sifatli taʼlimga qamrab olish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda sogʻlom fikrlashlariga zamin yaratish boʻyicha vazifalar belgilab bergan edi.

14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari oʻrganilib, ular 3 yaʼni “yaxshi”, “oʻrta” va “ahvoli ogʻir” toifaga ajratib olindi. Uchinchi toifadagi 50 nafar eʼtiborga muhtoj yosh har bir vazir, vazir oʻrinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, oliygoh rektorlari va idoralarga biriktirib, ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ish tashkil etilishi belgilab berildi. 

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash va ularning yashash sharoitlari, yoshlarning taʼlim olish jarayonlari bilan yaqindan tanishish va ularga amaliy koʻmak berish maqsadida Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov Denov tumanidan “qizil” toifaga kiritilgan barcha ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi. Ularning har biri bilan muloqotda boʻlib, muammolarini tingladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil