Volgograd davlat ijtimoiy-pedagogika universiteti bilan hamkorlik oʻz samarasini bermoqda

Joriy yilning 1-5-may kunlari Volgograd davlat ijtimoiy-pedagogika universiteti, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, “Jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya oʻqitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi mudiri Irina Golovinova Termiz davlat universitetida boʻlib turibdi. 

Dotsent Irina Golovinova “Sport boshqaruvi” kafedrasi oʻquv yuklamasidagi “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanidan Jismoniy madaniyat taʼlim yoʻnalishi 2-3-kurs rus guruhlariga 24 soat maʼruza darslarini oʻtdi. Unda fandagi yangiliklar, jismoniy tarbiya nazariyasining boshqa fanlar bilan bogʻliqlik jarayonlari xususida talabalarga maʼlumotlar berdi. 

Sport  faoliyati va boshqaruvi fakultetida boʻlib oʻtgan tadbirda  fakultet dekani Yo.Doniyeva bundan keyin ham ikki oliy oʻquv yurti oʻrtasida shu kabi samarali hamkorlikni davom ettirish lozimligini aytib oʻtdi hamda o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil