Termiz davlat universiteti talabalari xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etishdi

Joriy yil 23–28-aprel kunlari Turkmaniston ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Ashxobod shahridagi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “OMOUS-2023” xalqaro ochiq matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Germaniya, Vengriya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Meksika, O‘zbekiston va Ozarbayjon kabi 20 davlatdan jami 300 ga yaqin talaba qatnashdi. Yurtimizning 13 ta oliy o‘quv yurti qatorida Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakultetidan 5 nafar talaba professor I.Allakov va PhD. J.Bozorov rahbarligida ishtirok etdi. 

Yakuniy natijalarga ko’ra, olimpiadaning yakka tartibdagi va jamoaviy bahslarida matematika ta'lim yo`nalishi 3-bosqich talabalari Sirojiddin Beg`amov — "kumush", Hojiakbar Aminov — "bronza", 4-bosqich talabasi Abdullo Ro`ziyev — "bronza" medaliga sazovor  bo`lishdi. Shuningdek, talabalarimiz O`rol Choriyev va Zayniddin Eshmamatov sertifikat bilan taqdirlanishdi.

Olimpiada ishtirokchilarini erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil