TerDU va Rossiyaning Qozon federal universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Rossiyaning Qozon federal universiteti filiali — Naberejniye Chelni instituti rahbariyati vakillari Termiz davlat universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad ikki oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish hamda bu yoʻnalishda dastlabki hamkorlik yoʻnalishlarini belgilashdan iborat edi.

Jumladan, ikki oliygoh oʻrtasida anglashiluv memorandumi hamda 9 ta taʼlim yoʻnalishida qoʻshma dastur asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha shartnoma imzolandi. Hamkorlik asosida TerDU da 5330600 – Dasturiy ta'minot, 5312600 – Mexatronika va robototexnika, 5311300 – Kadastr (faoliyat turi bo'yicha), 5340200 – Bino va inshootlarni qurish, 5130200 – Amaliy matematika va informatika,5230100 – Iqtisod, 5240300 – Davlat va jamoat boshqaruvi, 5232600 – Biznes informatika, 5630100 – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi ta’lim yo’nalishlari ochilishi va ushbu yo’nalishlarda malakali kadrlar tayyorlashga kelishildi.

Uchrashuvda oliy taʼlim sohasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalar muhokama qilindi.

Termiz davlat universiteti Axborot xizmati

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil