Termiz davlat universitetida 28-29-aprel kunlari boʻlib oʻtgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini yakunladi

Kimyo fanlari doktori, professor Hasan Sharipov xotirasiga bagʻishlangan “Nodir va noyob metallar kimyosi va texnologiyasi: bugungi holati, muammolari va istiqbollari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi kunning ikkinchi yarmida kimyo fakultetida davom etdi. Unda talabalar kimyo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ilmiy izlanishlar, fandagi yangiliklar bilan yaqindan tanishdilar.


Shundan soʻng, konferensiya doirasidagi uchrashuvlar axborot texnologiyalari fakultetida davom etdi. Unda yurtimizdagi nufuzli oliygohlarda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar maʼruzalar qilishdi.

Ilmiy-amaliy konferensiyaning ikkinchi kuni ham samimiy uchrashuvlarga boy boʻldi. Oʻzaro muloqot qilish, fikr almashish imkoniyatini bergan Yalpi majlisning navbatdagisi universitet 2-binosidagi majlislar zalida oʻtkazildi. Unda OʻzMU t.f.d., prof. S.E.Nurmanov “Fenilatsetilen bilan α-karbon kislotalar reaksiyasida metall katalizatorlarning roli”, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti k.f.d., prof. O.N.Roʻzimurodov “Hydrothermal synthesis of ni-dop zinc oxide” mavzularida va qator ilmiy tadqiqot olib boryotgan yosh olimlar maʼruzalar qilishdi.

Konferensiya oʻz ishini yakunlagach, ishtirokchilar Surxondaryo viloyatining diqqatga sazavor joylari, xususan, Al-Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdi.  Bir soʻz bilan aytganda mazkur uchrashuv unutilmas taasurotlarga boy boʻldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil