Toshkentda “AYREG – akademik reytinglar” xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan  Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida “AYREG – akademik reytinglar” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Times Nigher Education”, “QS”, “Webometrics” kabi dunyoning nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari rahbarlari, Kanada, Braziliya, Germaniya, Niderlandiya, Vengriya, Ruminiya, Polsha, Xitoy, Singapur, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlarining rektorlari, ekspertlardan iborat jami 100 nafarga yaqin qatnashchi ishtirok etdi.

Shu jumladan, Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximov va unversitet mas’ullari ham qatnashdilar. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, 2026-yilga qadar mamlakatimizning 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va Times Nigher Education xalqaro reytinglariga kiritish bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilayotgani haqida so‘z borib, mazkur xalqaro anjuman ham bu ishlarni yanada jonlantirishga xizmat qilishi tilga olindi.

Ushbu konferensiyada universitetlararo ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha samarali munozara, tajriba almashish va istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Mazkur tadbir ta’lim manfaati uchun oliy ta’lim sohasidagi aloqalarimizni yanada rivojlantirish hamda ularni dunyo reytinglarida yangi o‘rinlarni egallashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil