Sektor rahbarlari va bitiruvchi talaba yoshlar uchrashuvi

“Yoshlar markazi” binosida Oltinsoy tumani sektor rahbarlari ishtirokida sektor rahbarlari va bitiruvchi talaba yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi oʻrinbosari I.Safarov, Oltinsoy tumani hokimi B.Maxmatraemov, Termiz davlat universiteti Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha prorektor O.Shofiyev, universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Tolipov, talabalar hamda boshqalar ishtirok etishdi. 

Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda  soʻzga chiqqanlar bugun yoshlar uchun mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratilayotgani va ularning bandligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob olishdi. 

Bitiruvchi talaba yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Oltinsoy tumanining 30ga yaqin tashkilotlari 400ga yaqin boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi va turli vakansiyalarini talabalarga taklif etishdi.

Shundan soʻng, talaba yoshlar va uchrashuv ishtirokchilari uchun  iftorlik dasturxoni yozildi. Konsert dasturi esa barchaga birdek xush kayfiyat bagʻishladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil