“Milliy libos –ma’naviyat ko’zgusi”

Barchamiz bilamizki, libos — kishining tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi, tafakkuri hamda ichki xislatlarini o‘zida namoyon eta olish xususiyatiga egadir. Bugungi kunda yurtimizda kiyinish madaniyatiga bo‘lgan e’tibor talab darajasi sifatida ko‘rilmoqda.

Joriy yilning 27 may sanasida Surxondaryo viloyat Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi hamda Termiz davlat universiteti hamkorligida “Milliy libos –ma’naviyat ko’zgusi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Oliygohning Milliy libos fakulteti talabalari va viloyatda faoliyat yuritayotgan dizayner qizlar tomonidan o‘zbek milliy qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan “Milliy libos –ma’naviyat ko’zgusi”  liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad esa yoshlarning ma’naviyatida tarixiy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborini oshirish, kelajakda ular barkamol inson bo‘lib tarbiya topishiga erishishdir.

Tadbir davomida Milliy libos fakultetining o'qituvchilari Rahimqulova Sarvinoz va Boltayeva Iqbol tomonidan Surxondaryoning milliy libos va milliy taqinchoqlari to'g'risida o'z ilmiy ishlaridan kelib chiqgan holda ma'lumotlar berishdi.

Albatta, buning zamirida yoshlarimizning kiyinish madaniyatiga bo‘lgan munosabati yaxshilanadi, shu bilan birga o‘zbek milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda davom etadi. 

Termiz davlat universiteti Matbuot xizmati

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil