Kitob — hikmat kemasi

Mamlakatimizda 2021-yildan buyon har yili aprel oyining birinchi haftasi "Kitobxonlik haftaligi" etib belgilangan. Shu bois yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning kitobga bo’lgan mehrini oshirish maqsadida Termiz davlat universiteti Arxitektura va qurilish fakulteti hovlisida “Kitobxonlik haftaligi” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda AOKA Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi raisi Z.To‘rayev, universitetning yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Shofiyev va boshqalar so‘zga chiqib, yosh avlodning maʼnaviy saviyasi va intellektual salohiyatini kuchaytirishda kitobning oʻrni beqiyosligi, katta marralarga esa faqat va faqat kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish orqaligina erishish mumkinligini ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng, tadbirda ishtirok etgan mehmonlar va kitob ixlosmandlari ko‘rgazmadan o’rin olgan jahon hamda o‘zbek adabiyotlari va turli sohaga oid ilmiy-ommabop kitoblar bilan tanishdilar. Bu asarlarning har bir sahifasi farzandlarimizni izlanishga, intilishga, yangiliklar yaratishga chorlaydi va hamisha ilhomlantirib turadi. 

Zero, kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini ajdodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.

Esatib o’tamiz, “Kitobxonlik haftaligi” sayllari 10-15-aprel kunlari Respublikamiz bo’ylab davom etadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 62

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 56

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil