Vladimir davlat universiteti professorlari TerDUda

Termiz davlat universitetida xorijiy OTMlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida Rossiyaning Vladimir davlat universiteti filologiya fanlar doktori, professor Koroleva Vera Vladimirovna ingliz tilini o‘qitish kafedrasi talabalariga qiziqarli dars mashg‘ulotini o‘tmoqda.

“Global English” va “Suitable course materials for ESP” kabi mavzularda dars mashg‘ulotini olib borar ekan, talabalarga til o‘qitish metodikasining zamonaviy va o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek o‘zi faoliyat yuritayotgan oliygohda til o‘qitish metodikasi bo‘yicha amalga oshirgan ilmiy ishlari haqida batafsil tushunchalar berdi.

Shuningdek, oliygohlar o‘rtasida tuzilgan memorandumga asosan professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini oshirish maqsadida Vladimir davlat universiteti o'qituvchilari N.V.Mitiushina hamda katta o'qituvchi Y.N.Ionova Termiz davlat universiteti Ingliz tili o'qitish metodikasi kafedrasida 2 haftalik malaka oshirmoqdalar.

Qiziqarli mashg‘ulotlardan katta taassurotlarga ega bo‘layotgan talabalar ushbu tashrifdan va darslardan mamnun bo‘lishmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil