O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda universitet rektori A.Maraximov va “Sharq” nashriyoti bosh muharriri A.Ahmedov ishtirok etishdi. 

Dastlab mehmonlar universitetda talabalarning bilim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi hamda yorug’ va shinam xonalar, zamonaviy jihozlarni yuqori baholashdi. 

Uchrashuvni universitet rektori A.Maraximov ochib berdi. Dastlab, yurtimizda kechayotgan siyosiy jarayon Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berildi.  Ta’kidlanganidek, Konstitutsiya xalqning chinakam erkin, farovon hayot tamoyillariga yoʻgʻrilgan barqaror va yakdil jamiyat qurishdek buyuk maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratib beruvchi huquqiy asosdir.

Shundan so‘ng, mehmonlar yoshlarga ijod olamining o‘ziga xos mashaqqatlari haqida so‘zlab, o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Yosh qalamkashlar atoqli adib, O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo tomonidan berilgan tavsiyalarni katta qiziqish bilan tinglashdi. Shuningdek, universitetning sheʼriyatga ixlosmand talabalari shoir qalamiga mansub sheʼrlaridan namunalar keltirishdi.

Professor-o‘qituvchilar va sheʼriyatga qiziquvchi talabalar uchun ushbu uchrashuv tom maʼnoda adabiyot kechasiga aylanib ketdi.

Shoir va yozuvchilar ishtirokida o’tkazilayotgan bu kabi ijodiy uchrashuvlar yoshlarning adabiyot, sheʼriyatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil