Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyatining Toshkentdagi vakolatxonasi vakillaridan iborat delegatsiya Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Germaniyaning Xalqaro hamkorlik bo'yicha jamiyatining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, GIZning Маrkaziy Osiyoda huquqiy davlat tuzilishiga ko'maklashish mintaqaviy dasturi direktori Y.Pudelka Germaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va Termiz davlat universiteti hamkorligini yo’lga qo’yish, Germaniyaning yuridik universitetlari, yuridik tashkilotlari bilan tajriba almashish to’g’risidagi fikr-mulohazalarni bildirib o’tdi. 

Oliygoh rektori A.Maraximov tomonidan TerDU da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-sonli "O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq Yuridik fakultet tashkil etilganligi va bugungi kunda fakultetda yurisprudensiya, fuqarolik huquqi, boshqaruv huquqi, ekologiya huquqi va huquqning boshqa sohalari bo’yicha ko’plab islohotlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlab o’tildi.

Uchrashuv davomida TerDU va GIZ hamkorligida huquqiy sohadagi yangi loyihalar ishlab chiqish, Yuridik fakultetda yangi yo’nalishlar ochish to’g’risida takliflar bildirildi.

Rektor A.Maraximov Termiz shahrida yuridik xizmat ko’rsatuvchi, huquqiy maslahat beruvchi markaz tashkil etish, unda TerDUning professor-o’qituvchilari va GIZ mutaxassislari O’zbekiston, Tojikiston va Afg’oniston fuqarolarining huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

TerDU da huquq sohasi bo'yicha magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish va bunda ta’lim berish uchun GIZ chet el mutaxassislarini jalb qilishda amaliy yordan ko’rsatishi masalasi ham muhokama qilindi.

Hamkorlikning dastlabki bosqichi sifatida huquqiy sohaga bag’ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etishga kelishib olindi.

Termiz davlat universiteti Matbuot xizmati

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil