Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning barqaror rivojlanishida Xotin-qizlarning roli

Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 11-fevral "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni"ga bag'ishlab "Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning barqaror rivojlanishida Xotin-qizlarning roli" mavzusida viloyat forumi bo'lib o'tdi.

Tabdirni ochib bergan viloyat hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i  Z.Xidirova haftalik davomida viloyatda olima ayollar va ilmiy izlanishlarni olib borayotgan tadqiqotchi xotin-qizlar, davlat mukofoti hamda nomdor stipendiyalar sovrindorlari boʻlgan iqtidorli talaba qizlar  ishtirokida taʼlim muassasalari va mahallalarda ilmiy-amaliy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrik-tanlovlar va ilm-fanga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, forumda har qanday davlat va jamiyat taraqqiyoti bir qator omillar asosida yuz berishi, bu jarayonda ayollar, ularning ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi ishtiroki, huquq va erkinliklari amalda ta’minlanganligi masalasi – davlatlar rivojining hamda demokratiyaning muhim indeksi sanalishi ta'kidlandi.

Hafta davomida tadbirlarda faol ishtirok etgan xotin-qizlar tadbir yakunida tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil