Termiz davlat universitetida oʻquv jarayonlarini 23-yanvardan anʼanaviy tarzda boshlashni tashkil qilish oldidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda boʻlim boshliqlari, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash va oʻquv ishlari  boʻyicha oʻrinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etishdi.

Yigʻilishning asosiy masalasi hududlardan kelayotgan talaba-yoshlarni kutib olish va ularni  ijara xonadonlari  va TTJlarga joylashtirish masalasi koʻrildi.

Shuningdek, saqlanib qolayotgan sovuq ob-havo sharoitlarida Ijara xonadonlarda va TTJlarda yashovchi talabalarga isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga e’tiborliroq boʻlish, is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha koʻrsatmalar berish kerakligi taʼkidlab oʻtildi.

Tyutorlarga esa oʻzlariga biriktirilgan talabalarning ijara xonadonlaridagi sharoitlarini oʻrganish, har bir talaba bilan shaxsan bogʻlanib, ularning muammolarini oʻrgangan holda universitet shtabiga maʼlum qilish hamda muammolarning yechimlarini hal qilish boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar berildi. 

Shuningdek, oʻquv jarayonlarini tashkil qilish, yakuniy va oraliq nazoratlarini belgilangan shakllarda moslashtirilgan oʻquv grafiklariga muvofiq amalga oshirish boʻyicha kerakli topshiriqlar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil