Termiz davlat universiteti Amaliy matematika kafedrasi mudiri professor Normurodov Chori Begaliyevichning tavallud ayyomining 70 yilligi, ilmiy-pedagogik faoliyatiga esa 45 yil to‘lishi munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda TerDU rektori, professor Avazjon Maraximov o‘zining samimiy tabrik so‘zlari bilan uchrashuvni ochib berdi, shuningdek, taklif etilgan mehmonlar, mamlakatimizning taniqli olimlari, universitet professor – o‘qituvchilari, kafedra mudirlari hamda ustozning yaqinlari va shogirdlari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar va shogirdlari ustozning ilmiy faoliyati, ilm yo‘lida qo‘shib kelayotgan hissasi haqida gapirib, umr yo‘llariga mustahkam sog‘lik, oilasiga tinchlik, faoliyatiga esa ulkan zafarlar tilashdi.

Normurodov Chori Begaliyevich 1953 - yil 4 - yanvar kuni Jarqo‘rg‘on tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan.  1971-76 yillarda Samarqand davlat universitetiga Amaliy matematika yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirgan. 1976-77 yillarda Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika fakulteti Matematik mantiq va dasturlash kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 1981-84 yillarda Rossiya fanlari akademiyasi Sibir bo‘limi Nazariy va amaliy mexanika institutida akademik Nikolay Nikolayevich Yanenko ilmiy rahbarligida aspiranturada o‘qigan. 1984-1992 yillarda Samarqand davlat universiteti dotsenti vazifasida faoliyat yuritgan. Olimning ijodi nihoyatda serqirra.

Talabalarning sevimli ustoziga aylangan Normurodov Chori Begaliyevich 1992--yildan buyon Termiz davlat universitetida ilmiy-pedagogik faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shu kungacha Ch.Normurodov hisoblash matematikasi, sonli usullar, matematik modellashtirish, algoritmlash va dasturlashga oid 250 dan ortiq ilmiy-ommabop ishlar muallifi. 45 dan ziyod darsliklar, monografiyalar, avtoreferatlarga taqrizchi sifatida qatnashgan. Bundan tashqari ustoz “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni sohibidir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil