Termiz davlat universitetda navbatdagi Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Odatdagidek dastlab, ilmiy unvon hamda ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilarga falsafa va fan doktori (PhD va DcS) diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

 

Shundan so’ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning Oliy Majlis Murojaatnomasida oliy taʼlim oldiga qo‘yilgan topshiriqlar bo‘yicha universitet jamoasining vazifalari va ilmiy tanlovlar ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek kun tartibidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va O‘rta maxsus taʼlim vazirligi Hayʼati yig‘ilishi qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalari, Surxondaryo viloyati Xalq deputatlari kengashi qarorlari hamda viloyat hokimi topshiriqlarining ijro etilish holati, universitetda murojaatlar bilan ishlash tartibi, 2022-2023-o‘quv yili qabul komissiyasi faoliyatining natijalari, professor-o‘qituvchilarining qishki taʼtil davrida bajaradigan ishlari, shuningdek, universitetda sirtqi taʼlimni tashkil etishning samarali usul va mexanizmlari tahlil etildi.

 

Yig‘ilish davomida universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilarini dotsent va professorlik ilmiy unvonlariga tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqildi. 

 

Yakunda kun tartibiga qo‘yilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olinib, ularning ijrosi bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil