TerDUda "Talaba-yoshlarning ilmiy ishlari va innovatsion g'oyalari" tanlovi bo‘lib o‘tmoqda

Termiz davlat universitetida “Surxon Sanoat Qurilish” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Talaba-yoshlar ilmiy ishlari va innovatsion g‘oyalari” tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovning ochilish marosimida TerDU rektori A.Maraximov ixtirochi talaba yoshlarni qo‘llab quvvatlash va ularning innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida taʼkidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.
Shundan so‘ng, tanlovda ishtirok etayotgan viloyatdagi 6ta oliygohdan jami 400 nafardan ortiq ishtirokchi-talabalar ilmiy ishlanma, ilmiy loyiha, sanoat namunalari, maketlari ko'rgazmasi va taqdimotlari boshlandi.
O'tkaziliayotgan tanlovga:
• "Raqamli texnologiyalar, matematik va dasturiy taʼminot, sunʼiy intellekt" yo‘nalishi bo‘yicha 99 nafar;
• "Kimyo sanoati, muhandislik fizikasi, texnika va texnologiyalar" yo‘nalishi bo‘yicha 68 nafar;
• "Agro-biotexnologiya, irrigatsiya va suvdan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligi" yo‘nalishi bo‘yicha 121 nafar;
• "Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va uskunalari' yo‘nalishi bo‘yicha 48 nafar;
• "Arxitektura, qurilish muhandisligi va yangi materiallar" yo‘nalishi bo‘yicha 53 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishmoqda.
Eslatib o'tamiz, tanlov ikkinchi kunida g‘oliblar aniqlanadi va taqdirlash marosimi o'tkaziladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil