Raqamli iqtisodiyot sharoitida fan, ta’lim, madaniyat sohalarida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o`rni

Termiz davlat universiteti va Surxondaryo viloyati “Olima ayollar” uyushmasi hamkorligida “Raqamli iqtisodiyot sharoitida fan, ta’lim, madaniyat sohalarida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o`rni” mavzusida I Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi, mamlakatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini, oila barqarorligini mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratilganligidan kelib chiqib, xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasidagi mavjud muammolarning yechimini izlab topish, bunda ayollarning alohida o‘rnini ko‘rsatishdan iboratdir.

Konferensiyada Respublikada mavjud oliy o’quv yurtlari olima ayollari, xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, oliygohlarning bakalavr va magistrlar talabalari ishtirok etishdi.

Ilmiy-amaliy konferensiya quyidagi sho’balarda ish olib bordi:

1-sho’bа: Raqamli iqtisodiyot sharoitida fan, ta'lim, madaniyat va tadbirkorlik sohasi rivojiga innovatsion texnologiyalarni qo'llash;

2-sho’bа: Arxitektura va qurilish, sanoat, energetika, iqtisodiyot va transport sohalarida innovatsion texnologiyalar va axborot kommunikatsiyalarini tadbiq qilish masalalari;

3-sho’bа: Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish masalalari;

 4-sho’bа: Yosh avlodni tarbiyalashda begona g'oyalar, zararli oqimlar va odam savdosi muammolari;

5-sho’bа: Ayollar sportini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish 

6-sho’bа: Oilalarda va ta'lim muassasalarida kitob mutolaasi, mutolaa madaniyati 

samaradorligini oshirish hamda innovatsion kutubxona yaratish;  

7-sho’bа: Sanoat, atrof muhit ekologiyasi, energetika va transport sohalarida innovatsion texnologiyalar, axborot kommunikatsiyalari, zamonaviy dasturiy ta'minotlar yaratish va tadbiq etish;

8-sho’bа: Oila institutini rivojlantirishda ilmiy tadqiqotlar ko'lamini oshirish, chet tillarni oilalarda va ta'lim muassasalarida o'rgatish va o'rganishni ommaviylashtirish.

Konferensiyada oliy ta’lim tizimida xotin-qizlarning rolini oshirish va gender tenglik masalalari, xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisi, barkamol avlod tarbiyasida mutolaa va kitobxonlikning o’rni, hayotning asosi va millatning kelajagi ayollar mavzularida ma’ruzlar qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil