Zakovat bahslari qizg'in davom etmoqda

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil oktabr-noyabr oylarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan, Surxondaryo viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Biz tabiat himoyachilarimiz” shiori ostida “EKO ZAKOVAT” turnirining viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari fakultetlari o‘rtasidagi 1-bosqich  “EKO–ZAKOVAT” turniri davom etmoqda.

Bugungi kunda mazkur turnirning navbatdagi 1-bosqichi Termiz davlat universitetida ham bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bellashuvda universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli va bilimga chanqoq talabalardan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Turnir davomida ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, tezkor javob berish va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etishdi. Savollar ekologiyaga oid turli sohalarni va hozirgi kun yangiliklarini qamrab oldi.

🏆Musobaqada g‘oliblikni quyidagi jamoalar qo‘lga kiritdi:

🥇Radius
🥈Asia Mix
🥉Memento

🏆“EKO ZAKOVAT” turniri Surxondaryo viloyatidagi boshqa oliy ta’lim muassasalari fakultetlari o‘rtasida davom ettirilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 58

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil