Ekologik ongli yoshlar — tabiat himoyasida!

Bugungi kunda ekologik muammolarni hal etishda nafaqat davlat idoralari, balki yoshlarning ham faol ishtiroki nihoyatda muhimdir. Shuning uchun ham oliy ta’lim muassasalarida ekologik tafakkurni rivojlantirish, tabiatni asrash mas’uliyatini yosh avlod qalbiga singdirish maqsadida turli tanlov va tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

TERDU Tabiiy fanlar fakultetida ham Eko tanlov o‘tkazildi. Tanlovning asosiy maqsadi — talabalar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, ekologik madaniyatni targ‘ib qilish va ekovolontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z bilim va tashabbuslarini namoyish etishdi. G‘oliblar quyidagicha taqdirlandi:

🏅 Eko-volontyorlar yo‘nalishida:
1-o‘rin — Muminov Jahongir (EKO-122, 4-kurs)
2-o‘rin — Normurodova Gulsanam (EKO-124, 2-kurs)

🌍Eko-madaniyat targ‘iboti yo‘nalishida:
1-o‘rin — Abdukarimova Mahliyo (EKO-122, 4-kurs)
2-o‘rin — Nurmuhammedov Sardorbek (EKO-125, 1-kurs)

📚Eko-bilimdon yo‘nalishida:
1-o‘rin — Qurbonmurodov Sardor (EKO-122, 4-kurs)
2-o‘rin — Bekmurodova Xulkar (EKO-124, 2-kurs)

✅“Yilning  eng  yaxshi  ekologiya  himoyachisi”- nominatsiyasi bo‘yicha: 
1-oʻrin- Tursunpo‘latov Bekmurod Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi

Eng faol yoshlar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur tanlov yoshlarning ekologik ongini yuksaltirish, ularni tabiatni asrashga da’vat etishda muhim qadam bo‘ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 58

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil