Aziz talabalar, qadrli ota-onalar va muhtaram ustozlar!

➡️ Bugun insoniyat oldida turgan eng xavfli global tahdidlardan biri – bu giyohvandlik va unga bog‘liq jinoyatlardir. U nafaqat jamiyatni yemiruvchi illat, balki oila taqdiri, yoshlar kelajagi va millat ma’naviyatiga tahdid soluvchi xatardir. Biz uchun eng asosiy vazifa – har bir insonni ogohlikka chorlash, sog‘lom, ma’rifatli va fidoyi avlodni tarbiyalashdir. 

➡️ Hurmatli ota-onalar! 
Siz farzandlaringiz hayotidagi eng ishonchli tayanch va tarbiyachisiz. Bolalaringizning kayfiyati, do‘stlari, qiziqishlari va kundalik odatlariga befarq bo‘lmang. Ularni eshiting, ular bilan ochiq muloqot qiling, ishonch muhitini yarating. Giyohvandlik haqidagi haqiqiy va to‘g‘ri ma’lumotni farzandlar aynan sizdan olsa – ularni noto‘g‘ri qadamdan, xatarli to‘rlardan asraydi. 
Yoshlar taqdiri, avvalo, ota-onalarning diqqati va mas’uliyatiga bog‘liq. 

➡️ Aziz yoshlar! 
Sizlar – bizning orzu-qudratimiz, yurtning ertasi, O‘zbekiston kelajagining egalari. Shuni unutmang: giyohvand moddalar nafaqat sog‘liqni, balki tafakkurni, orzularni, qobiliyatni va kelajakni ham barbod qiladi. Sog‘lom hayot, bilim, sport, ijod va ma’naviyat – siz uchun eng katta kuch manbaidir. Ishonch bilan olg‘a intiling, yuksak maqsadlar qo‘ying, shubhali takliflar va xatarli yo‘llarga hech qachon yo‘l qo‘ymang. Sizning qudratingiz – to‘g‘ri tanlovda. 

➡️ Qadrli ustozlar! 
Giyohvandlikka qarshi kurash – bu faqat huquqni muhofaza qilish organlarining vazifasi emas. Bu barchamizning umumiy burchimiz, umumiy mas’uliyatimiz. Farzandlarimiz sog‘lom ulg‘ayishi, jamiyatimiz ma’nan pok bo‘lishi va yurtimizda osuda hayot davom etishi uchun har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz shart. Hayotiy tajribangiz bilan yoshlarga yo‘l ko‘rsating, ularga sog‘lom hayotning haqiqiy qadrini tushuntiring. Birgalikda harakat qilsak, giyohvandlikka qarshi kuchli jamoatchilik immunitetini yarata olamiz. 

Zero, sog‘lom avlod – yurt taraqqiyotining eng katta kafolatidir!

Abduqodir Toshqulov,
Termiz davlat universiteti rektori

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil