DIQQAT TANLOV!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyrugʻiga  asosan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Saylov qonunchiligi va saylov jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga bagʻishlangan eng yaxshi ilmiy ishlar” tanlovi oʻtkaziladi.

Tanlovda respublikada istiqomat qilib kelayotgan millati va tilidan qatʼiiy nazar 30 yoshgacha boʻlgan talaba-yoshlar ishtirok etadi.

Tanlovni oʻtkazish 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1.  Tanlovning birinchi bosqichi respublika oliy taʼlim muassasalarida 2021-yil 1-sentabrga qadar amalga oshiriladi, saralab olingan ilmiy ishlar oliy taʼlim muassasasi taqrizi bilan birgalikda Vazirlikning Ishchi guruhiga 2021-yil 20-sentyabrga qadar yuboriladi.
2.  Tanlovning ikkinchi bosqichida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Ishchi guruhi tomonidan 2021-yil 10-oktabrga qadar gʻoliblar aniqlanib, materiallar toʻplam shaklida chop etiladi. 

Tanlovga taqdim etilgan ilmiy ishlar uchta nominatsiya boʻyicha ekspertizadan oʻtkaziladi:

1)  “Eng yaxshi saylov qonunchiligi bilimdoni”;
2)  “Eng yaxshi saylov tarixi bilimdoni”;
3)  “Eng yaxshi saylov jarayoni bilimdoni”.

Har bir nominatsiya boʻyicha tanlov gʻoliblari (jami 9 nafar) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida OAV ishtirokida 1-,2-,3- darajali diplom va ilmiy ishi chop etilgan toʻplam hamda esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanadi. 

Universitetning barcha iqtidorli talabalarini tanlovda ishtirok etib, gʻolib boʻlishini tilaymiz.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi (93 7938478) orqali olishingiz mumkin.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil