Shukur Xolmirzayev nomidagi maxsus stIpendiya hamda ko‘krak nishoni uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.

Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish hamda targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borayotgan, alohida faollik ko‘rsatgan o‘qituvchi va talabalarni rag‘batlantirish maqsadida – Shukur Xolmirzayev nomidagi maxsus stIpendiya hamda ko‘krak nishoni uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.

Maxsus stipendiya kvotasi universitetning har bir fakulteti bo‘yicha bittadan alohida ajratiladi.
Maxsus stipendiya quyidagi mezonlarga javob beradigan universitetning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavr bosqichi 1-3-kurs hamda magistratura bosqichi 1-kurs talabalariga beriladi:
- maxsus stipendiya adib Shukur Xolmirzayevning hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish va targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borish;
- adabiyot va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yo‘nalishida alohida faollik ko‘rsatish;
- adabiyot va kitobxonlikka doir konferensiyalarda (tanlovlarda) qatnashish;
- nashr etilgan ishlarning (asarlarning) mavjudligi.

Hujjatlar 2022 yilning 30 may sanasigacha (shu kuni ham) TerDU Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limida qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: +998990361919

Tanlov nizomi bilan bu yerda batafsil tarnishing.

TEST

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil