HARBIY TAYYORGARLIK O‘QUV MARKAZIGA QABUL BOSHLANDI!

TerDUda tashkil etilgan Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga 3-bosqich talabalarini saralab olish bo‘yicha qabul boshlandi.
Kimlar murojaat qilishi mumkin?

Universitetning 3-bosqich talabalari o‘z xohishiga ko‘ra universitet rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
📝Ariza yozish namunasi Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi binosida mavjud. Ariza bevosita markaz binosiga kelgan holda yoziladi.

✅ SARALASH BOSQICHLARI:
🟢 Tibbiy ko‘rik
🗓 17–18-sentyabr
📍 Termiz garnizoni harbiy gospitali

✅ Jismoniy tayyorgarlik sinovi
🗓 21–22-sentyabr
📍 Termiz davlat universiteti stadioni

✅ ChQBT fanidan test sinovi
🗓 24–25-sentyabr
📍 Termiz davlat universiteti o‘quv binosi
⏰ Saralash vaqti: 09:00–17:00

❗️MUHIM!
Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga o‘qishga kirish uchun nomzod talabalar zarur tibbiy tahlillarni o‘zlari bilan olib kelishlari shart.
Olib kelinadigan tibbiy tahlillar namunasi Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi binosida mavjud.

❗️ Eslatma:
Har bir saralash bosqichida talabaning yonida ID-kartasi bo‘lishi shart.
Biror bosqichdan o‘ta olmagan talaba keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
📍Manzil: Termiz davlat universiteti,
Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi.
📍Mo‘ljal: 7-sonli talabalar yotoqxonasi oldidagi 2 qavatli bino.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 58

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil