𝐌𝐔𝐑𝐎𝐉𝐀𝐀𝐓

𝐓𝐄𝐑𝐌𝐈𝐙 𝐃𝐀𝐕𝐋𝐀𝐓 𝐔𝐍𝐈𝐕𝐄𝐑𝐒𝐈𝐓𝐄𝐓𝐈 𝐑𝐄𝐊𝐓𝐎𝐑𝐈, 𝐏𝐑𝐎𝐅𝐄𝐒𝐒𝐎𝐑 𝐀𝐁𝐃𝐔𝐐𝐎𝐃𝐈𝐑 𝐓𝐎𝐒𝐇𝐐𝐔𝐋𝐎𝐕𝐍𝐈𝐍𝐆 𝐓𝐀𝐋𝐀𝐁𝐀𝐋𝐀𝐑𝐆𝐀, 𝐏𝐑𝐎𝐅𝐄𝐒𝐒𝐎𝐑-𝐎ʻ𝐐𝐈𝐓𝐔𝐕𝐂𝐇𝐈𝐋𝐀𝐑, 𝐙𝐈𝐘𝐎𝐋𝐈𝐋𝐀𝐑, 𝐎𝐓𝐀-𝐎𝐍𝐀𝐋𝐀𝐑 𝐕𝐀 𝐍𝐔𝐑𝐎𝐍𝐈𝐘𝐋𝐀𝐑𝐆𝐀 𝐌𝐔𝐑𝐎𝐉𝐀𝐀𝐓𝐈

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan oʻtkazgan muloqotidan kelib chiqib murojaat qilmoqchiman.

𝐀𝐳𝐢𝐳 𝐭𝐚𝐥𝐚𝐛𝐚𝐥𝐚𝐫, 𝐪𝐚𝐝𝐫𝐥𝐢 𝐲𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫! 𝐌𝐮𝐡𝐭𝐚𝐫𝐚𝐦 𝐩𝐫𝐨𝐟𝐞𝐬𝐬𝐨𝐫-𝐨ʻ𝐪𝐢𝐭𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢𝐥𝐚𝐫, 𝐳𝐢𝐲𝐨𝐥𝐢𝐥𝐚𝐫, 𝐨𝐭𝐚-𝐨𝐧𝐚𝐥𝐚𝐫 𝐡𝐚𝐦𝐝𝐚 𝐪𝐚𝐝𝐫𝐥𝐢 𝐧𝐮𝐫𝐨𝐧𝐢𝐲𝐥𝐚𝐫!

2026-yil 24-fevral kuni davlatimiz rahbari 

Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan boʻlib oʻtgan ochiq va samimiy muloqoti mamlakatimiz tarixida yoshlar siyosati yangi bosqichga koʻtarilganini yaqqol namoyon etdi. Bu uchrashuv shunchaki nutq yoki rasmiy tadbir emas, balki bu mamlakat kelajagining yoʻl xaritasi, yoshlar taqdiriga oid strategik qarorlar dasturi boʻldi.

Prezidentimiz taʼkidlaganidek, bugun yurtimizda 

𝟐𝟐 𝐦𝐢𝐥𝐥𝐢𝐨𝐧dan ortiq yoshlar yashamoqda. Bu raqam shunchaki statistikani koʻrsatmaydi, bu – ulkan iqtisodiy kuch, intellektual salohiyat borligi anglatadi.

Shu maʼnoda, davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan qoʻshimcha imkoniyatlar, bu imtiyoz emas, balki yoshlarga boʻlgan ishonchning amaliy ifodasi deb qabul qilishimiz kerak.

Prezidentimiz uchrashuv davomida yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash uchun 𝟐𝟎𝟎 𝐦𝐢𝐥𝐥𝐢𝐨𝐧 dollar qoʻshimcha mablagʻ ajratilishini maʼlum qildi. Kredit limitlari bir necha barobar oshirildi. Startaplar uchun investitsiyalar kengaytirildi. “𝐌𝐞𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐛𝐢𝐫𝐢𝐧𝐜𝐡𝐢 𝐤𝐚𝐬𝐛𝐢𝐦”, “𝐊𝐞𝐥𝐚𝐣𝐚𝐤 𝐭𝐚𝐝𝐛𝐢𝐫𝐤𝐨𝐫𝐢”, “𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐛𝐢𝐳𝐧𝐞𝐬 𝐢𝐧𝐤𝐮𝐛𝐚𝐭𝐨𝐫𝐢” kabi dasturlar yangi mazmun bilan boyitildi.

Ushbu qarorlar bilan davlatimiz yoshlarga “Kutinglar” emas, “Harakat qilinglar!” demoqda.

Bugun yoshlar bir vaqtning oʻzida bilim olishi, xorijiy til oʻrganishi, kasb egallashi, tadbirkorlik qilishi va turli loyihalarni amalga oshirishi ham mumkin. Demak, eshiklar ochiq, imkoniyatlar bor, sharoitlar yaratilgan. 

𝐀𝐳𝐢𝐳 𝐭𝐚𝐥𝐚𝐛𝐚𝐥𝐚𝐫!

Bugungi sharoit – tarixiy imkoniyatdir. Bunday imkoniyat har avlodga ham nasib etavermaydi.

Sizdan talab qilinadigan narsa – faqat bitta: masʼuliyat va ozgina harakat. 

Prezident sizga ishondi. Endilikda siz oʻzingizga ishonishingiz kerak.

Tarixga nazar tashlang: Buyuk allomalar yoshlik davridayoq ilmga, mehnatga, fidoiylikka bel bogʻlagan. Bugun sizda ular orzu ham qila olmagan imkoniyatlar bor.

Endi imkoniyat bor ekan – natija boʻlishi shart.

Prezidentimiz muloqotlarida barcha rahbar va masʼullarni yoshlar oldidagi masʼuliyatni chuqur anglashga ham chaqirdi. Bu chaqiruv bevosita biz – oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilariga ham qaratilgan.

Bugun universitet shunchaki diplom beruvchi muassasa boʻlib qolmasligi kerak. Universitet:

yoshlar gʻoyasi tugʻiladigan makon;

startaplar shakllanadigan markaz;

innovatsiya yetiladigan muhit;

milliy va umuminsoniy qadriyatlar mustahkamlanadigan maskan boʻlishi shart.

Shu munosabat bilan, universitetimizda quyidagi ustuvor yoʻnalishlar belgilab olinadi:

har bir fakultetda yoshlar startap markazlari tashkil etiladi;

talabalarni biznes-reja tuzishga oʻrgatish boʻyicha amaliyotga yoʻnaltirilgan kurslar joriy qilinadi;

ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish mexanizmlarini kuchaytiriladi;

“Yoshlar kuni”ni universitet darajasida muntazam amalga oshiriladi;

bitiruvchilarning ishga joylashishiga koʻmaklashish birinchi masala sifatida belgilanadi. 

Biz bir narsani aniq tushunishmiz kerak:

Prezident imkoniyat yaratdi. Universitet esa uni amalga oshirishi shart.

𝐇𝐮𝐫𝐦𝐚𝐭𝐥𝐢 𝐮𝐬𝐭𝐨𝐳𝐥𝐚𝐫!

Yoshlar siyosatidagi har bir qarorning hayotga tatbiq etilishi, avvalo, sizning mehnatingizga bogʻliq.

Har bir talabaga oʻz farzandingizdek munosabatda boʻling. Ularning gʻoyasini eshiting. Ularni ragʻbatlantiring. Ishonch bering.

Prezident yoshlarga sharoit yaratmoqda. Biz esa ularni imkoniyatlardan foydalanishga tayyorlashimiz kerak.

𝐐𝐚𝐝𝐫𝐥𝐢 𝐨𝐭𝐚-𝐨𝐧𝐚𝐥𝐚𝐫!

Farzandingiz taqdiri faqat taʼlim muassasasiga bogʻliq emas. Siz hamkor boʻlishingiz kerak. Farzandingizning oʻqishi, kasb egallashi, hayotda oʻz oʻrnini topishiga yaqindan yordam bering.

𝐌𝐮𝐡𝐭𝐚𝐫𝐚𝐦 𝐧𝐮𝐫𝐨𝐧𝐢𝐲𝐥𝐚𝐫!

Yosh avlodga tajribangiz, hayotiy saboqlaringiz, milliy qadriyatlar haqida aytib bering. Vatanparvarlik, halollik, fidoiylik kabi tushunchalar amaliy namuna, siz kabi nuroniylarning nasihati orqali singdiriladi.

Umuman olganda, 24-fevral uchrashuvi – bu shunchaki yigʻilish emas, mamlakat kelajagiga berilgan kafolat boʻldi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Yoshlar siyosati yangi bosqichga koʻtarildi. Moliyaviy resurslar ochildi. Taʼlim va tadbirkorlik integratsiya qilindi. Ijtimoiy himoya kuchaytirildi.

𝐄𝐧𝐝𝐢𝐥𝐢𝐤𝐝𝐚 𝐞𝐧𝐠 𝐦𝐮𝐡𝐢𝐦 𝐯𝐚𝐳𝐢𝐟𝐚 – ushbu imkoniyatlarni natijaga aylantirish.

𝐁𝐢𝐳 – 𝐮𝐧𝐢𝐯𝐞𝐫𝐬𝐢𝐭𝐞𝐭 𝐣𝐚𝐦𝐨𝐚𝐬𝐢 – Prezident tomonidan belgilab berilgan vazifalarni toʻliq va vijdonan amalga oshirishga tayyormiz.

Yoshlarimizning bilimli, fidoiy, tashabbuskor va vatanparvar boʻlib kamol topishi – bizning ustuvor maqsadimizdir.

Ishonamanki, birlashgan holda harakat qilsak, yurtimizning kelajagi yanada yorugʻ va mustahkam boʻladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil